ONLAYN AUKSION SAVDOLARIDA TADBIRKORLIK UCHUN OLINGAN YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH LOZIM

Onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik uchun sotib olingan yerlardan samarali foydalanish lozim. Tuman hokimining Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari Sherali Aliyev Dostonbek Ziyodullayevlar boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu mavzuda so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda onlayn auksion g‘oliblari bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borildi. Taʼkidlash lozimki, aksariyat tadbirkorlar olingan yerdan samarali foydalanayotgan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida qurilishi to‘xtab qolgan obyektlar yoki umuman bunga qo‘l urmagan ishbilarmonlar ham talaygina. Bu esa ularning belgilangan majburiyatlarni bajarmasliklariga sabab bo‘lgan.

Suhbat chog‘ida belgilangan muddatda majburiyatlarni bajarish lozimligi, aks holda tadbirkorga nisbatan qonunchilikka ko‘ra choralar ko‘rilishi mumkinligi tushuntirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM