NOQONUNIY BINO QURMANG!

Bugun aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ortmoqda. Biroq bu o‘zboshimchalik bilan noqonuniy uy qurib olish mumkin degani emas.

Masalan Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaro fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘orib haydaladigan yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan uy qurib olgan.

Kadastr agentiligining Narpay tumani bo‘limining maʼlumotiga ko‘ra holat yuzasidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

O‘zboshimcha fuqaroga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari yaʼni 49 500 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Hurmatli fuqarolar yerga noqonuniy egalik qilib, imorat tiklash yirik miqdordagi jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi. Buni zinhor unutmang!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM