NARPAYGA 5 TA YANGI KOMBAYN KELTIRILDI

Yurtboshimizning “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan taʼminlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qishloq xo‘jaligi texnikalarini olishda fermerlar uchun bir qator imtiyozlar belgilangan.

Bu imkoniyatdan Narpaylik fermerlar oqilona foydalanishmoqda. Jumladan, “Hamida Yusupova”, “Muhammadali Paxtakor”, “Narpay Odilbek”, Ahmad Said”, hamda “Tepa Do‘rmon Obod” fermer xo‘jaliklari imtiyozli kredit hisobiga “Klass Dominator 260” rusumli g‘alla o‘rish kombaynlariga ega bo‘ldilar.

Ayni paytda tumanimizda yana bir qator ilg‘or fermerlar ham qo‘shimcha kombaynlar olib kelish choralarini ko‘rishmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM