ZARBULOQ YANA IJODGA QAYTMOQDA

Narpay tuman madaniyat bo‘limiga qarashli “Zarbuloq” ashula va raqs xalq ansambli tashkil etilganiga 35 yil to‘lgan. Ushbu faoliyati davomida, Moskva, Ukraina, Polsha, Belarussiya, Ozorbayjon kabi 10 ga yaqin davlatlarda konsert berishga muvaffaq bo‘lgan.

So‘ngi yillarda jamoa faoliyatida to‘xtalish bo‘lib qolgan edi.

Ayni kunlarda jamoa qayta shakllantirilib, faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish arafasida.

Bugun respublikadan kelgan komissiya aʼzolari jamoaning yangi konsert dasturlari bilan tanishib, ijodiy sinovdan o‘tkazdi.

Zarbuloq ansambli tuman, viloyat va respublika bo‘ylab konsert dasturlari tashkillashtirishni reja qilgan.

Barcha konsertlar tasdiqlangan reja va jadval asosida bo‘lib o‘tadi.

Ularga omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM