SUV - OLIY NEʼMAT!

O‘tgan yil davomida, tumanimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 161 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortilgan. Joriy yilda ham, tegishli tashkilot vakillari tomonidan bu borada rejali ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Soha masʼullari har qanday ob-havoda elimiz xizmatiga shay. Biroq, aksariyat fuqarolar ularning mehnatini qadrlamaydi. Ko‘p hollarda ko‘cha jo‘mraklarini ochiq holda turgani, aholi tomonidan ichimlik suvini isrof qilgan holda bemaqsad foydalanganlik holatlarini ham uchratish mumkin.

Tuman hokimi “Samarqand suv ta'minoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Narpay tumani bo‘limi xodimlari bilan o‘tgan yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar xususida muhokama o‘tkazdi.

Shuningdek, har bir mutaxassisning joriy yilda o‘z xizmat burchi doirasida bajarishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalari bo‘yicha qilingan hisobotlari tinglanib, bu boradagi aniq maqsadlar belgilab olindi.

Uchrashuv so‘ngida, tuman hokimi barcha xodimlarga o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi, isteʼmolchilar tomonidan mavjud qarzdorliklarni undirish, aholi o‘rtasida suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish kabi yana bir qator masalalar yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM