XAVFSIZ JOYDA RIVOJLANISH BO‘LADI

Tumanimiz hududida jinoyatchilikni jilovlash borasidagi "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, har bir mahallada mahalla yettiligi va tuman IIB xodimlari hamkorligida muqaddam jinoyat sodir etgan, sudlangan, probatsiya nazoratida turgan, xulqi og‘ir fuqarolar o‘rtasida nazorat tadbirlari hamda profilaktik suhbatlar o‘tkazilyapti.

Bu kabi tadbirlar og‘ir toifadagi shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida har bir fuqaro bilan individual, “fuqarobay” ishlash tizimi orqali amalga oshirilmoqda.

Shu qatorda, umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilar davomadi, xulq-atvori va odob-axloqi bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borilyapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM