Xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman hokimining o‘rinbosari hamda savdo-sanoat palatasi tuman bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda ham aynan xotin-qizlar bandligini taʼminlash yuzasidan so‘z bordi.
Ayniqsa, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni ko‘paytirish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish haqida tushunchalar berildi.
Shu kabi, salomatlikni mustahkamlash markazlari faoliyati haqida tushunchalar, taklif hamda tavsiyalari berib o‘tildi.