MUAMMOLI KREDITLAR SO‘NDIRILMOQDA

O‘tgan haftada tuman hokimligi majlislar zalida kredit hisobidan qarzdorligi mavjud jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilot, muassasalarda ishlovchi xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.

Unda tijorat banklaridan kredit olib, vaqtida to‘lashni kechiktirayotgan shaxslar tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan qatʼiy ogohlantirilgan edi.

Bu o‘z samarasini bermoqda. Masalan, shu kuni 86 nafar jismoniy shaxslardan 110 million 800 ming so‘m undirilib, muammoli kreditlarning 900 million so‘mi bartaraf etildi.

Bugungi yig‘ilishda ham yana shu masala yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Kredit to‘lovlarini qaytarishda sustkashlik qilayotgan shaxslarga qarzlarni vaqtida to‘lash shartligi, aks holda esa ularga nisbatan qonuniy choralar qo‘llanilishi mumkinligi yuzasidan tushunchalar berildi.

Bugunning o‘zida qariyb 40 million so‘mlik to‘lov amalga oshirilib, muammoli kreditning 905 million so‘mi so‘ndirilgan bo‘lsa, yaqin uch kun ichida bu raqamlar keskin ko‘payishi kutilmoqda.

Hurmatli hamyurtlar! Kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida qaytarishni unutmang!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM