“Tashabbusli byudjet”

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Tashabbusli byudjet” jarayoni bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimligi moliya bo‘limining

HISOBOTI

 

Hurmatli fuqarolar!

Avval xabar qilganimizdek, Prezidentimizning 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali (openbudget.uz) “Tashabbusli byudjet” jarayonida fuqarolar tomonidan tumanimizdagi yechimi mablag‘ bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 51 ta takliflar qoldirilgan edi. “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-bosqich davomida tumandagi ishchi guruh tarkibi aʼzolarining fuqarolar tomonidan qoldirilgan takliflarga tegishli xulosalarga asoslangan holda ishchi guruhi raisi tomonidan 2021-yil 9-sentyabrdagi 86/01-02-sonli yig‘ilish bayoni tasdiqlandi. Ushbu yig‘ilish bayoniga asosan 15 ta takliflar “Tashabbusli byudjet” jarayonining 3-bosqichi – “ovoz berish” jarayoniga o‘tkazildi. 3-bosqichi – “ovoz berish” jarayonining yakuniy natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan 5 ta taklif tashabbuskorlari (tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi shakllangan mablag‘ga nisbatan) g‘olib deb topilganligi to‘g‘risida eʼlon qilgan edik.

Tuman hokimligi moliya bo‘limi maʼmuriyati Siz fuqarolarga ushbu g‘olib deb topilgan takliflarning 2021-yil 22-noyabr kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

1-g‘olib deb topilgan taklif, yaʼni “Dedan mahallasi Kamolot ko‘chasi 58-uydan 63-uygacha bo‘lgan ichki yo‘lni asfalt qilish” mazmunidagi g‘olib taklifi (522 ta ovoz to‘plagan) tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha atroflicha o‘rganish o‘tkazildi hamda tuzilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 70006100,0 so‘mga baholandi. Ushbu mablag‘ tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan buyurtmachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining 2021-yil 13-sentyabrdagi VI-37-26-7-98-K/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida  to‘liq o‘tkazib berildi. Natijada pudratchi “NARPAY MAX TRANS” MCHJ tomonidan belgilangan 178 metr masofaga asfalt yotqizish ishlari to‘liq yakunlandi.

 

2-g‘olib deb topilgan taklif, yaʼni “tumandagi 1-sonli umumiy taʼlim maktabining atrofini devor bilan o‘rash” mazmunidagi g‘olib taklifi (462 ta ovoz to‘plagan) tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha atroflicha o‘rganish o‘tkazildi hamda tuzilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 281960000,0 so‘mga baholandi. Ushbu mablag‘ tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan buyurtmachi tuman Xalq taʼlimi bo‘limiga xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining 2021-yil 13-sentyabrdagi VI-37-26-7-98-K/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida  to‘liq o‘tkazib berildi.

3-g‘olib deb topilgan taklif, yaʼni “Narpay mahallasi Qoraxitoy qishlog‘ini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash” mazmunidagi g‘olib taklifi (321 ta ovoz to‘plagan) tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha atroflicha o‘rganish o‘tkazildi hamda tuzilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 205455388,0 so‘mga baholandi. Ushbu mablag‘ tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan buyurtmachi tuman tuman hokimligiga xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining 2021-yil 13-sentyabrdagi VI-37-26-7-98-K/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida  to‘liq o‘tkazib berildi. Natijada pudratchi IKMPXK "Nurmon qurilish savdo" tomonidan belgilangan 2,2 km. masofaga ichimlik suvi tarmog‘i tortildi va ishlar to‘liq yakunlandi.

4-g‘olib deb topilgan taklif, yaʼni “Nug‘ay mahallasi Nug‘ay ko‘chasi (asosiy ko‘cha)ga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish” mazmunidagi g‘olib taklifi (239 ta ovoz to‘plagan) tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha atroflicha o‘rganish o‘tkazildi hamda tuzilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 16950400,0 so‘mga baholandi. Ushbu mablag‘ tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan buyurtmachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining 2021-yil 13-sentyabrdagi VI-37-26-7-98-K/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida  to‘liq o‘tkazib berildi. Natijada pudratchi SHIRINA MAROQAND JAVOHIRI xususiy korxonasi tomonidan ko‘rsatilgan  manzilga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi va ishlar to‘liq yakunlandi.

5-g‘olib deb topilgan taklif, yaʼni “Yangiariq  mahallasi hududidagi asfalt yo‘lni davom ettirish” mazmunidagi g‘olib taklifi (215 ta ovoz to‘plagan) tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha atroflicha o‘rganish o‘tkazildi hamda tuzilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 350369300,0 so‘mga baholandi. Ushbu mablag‘ tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan buyurtmachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining 2021-yil 13-sentyabrdagi VI-37-26-7-98-K/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida  to‘liq o‘tkazib berildi. Natijada pudratchi “NARPAY MAX TRANS” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan belgilangan 585 metr masofaga asfalt yotqizish ishlari to‘liq yakunlandi.

Hurmatli tumandoshlar!

Sizning yashab kelayotgan hududingizda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, yoritish tizimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, yaroqsiz holatga kelgan ichki yo‘llarni taʼmirlash yoki asfalt yotqizish, ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash, jihozlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish shu va boshqa mazmundagi yechimi mablag‘ bilan bog‘liq muammolar mavjudmi? Mavjud bo‘lsa, Moliya vazirligining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Tashabbusli byudjet” jarayonida (openbudget.uz) (yilning fevral hamda iyul oylarida) o‘z takliflaringizni qoldirishingiz va ovoz berishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Разработан в: SAKTRM