Shu kunlarda, tumanimizda bir qancha taʼlim muassasalarida qayta taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 4 ta umumtaʼlim maktabi va 3 ta maktabgacha taʼlim muassasalari hozirda, yangi o‘quv yiliga tayyorlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilyapti.
Ayni paytda Narpay mahallasidagi 28-umumtaʼlim maktabi ham ”Islomsher stroy montaj” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan mukammal taʼmirlanmoqda.
Ushbu ilm maskani qurilishi uchun qariyb 413 million so‘m mablag‘ ajratilgan.