Aholini ro‘yxatga olish tadbiri – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagoni manbai bo‘lib hisoblanadi. Aholini ro‘yxatga olish tadbirini belgilangan muddatda, aniq reja-jadval asosida o‘tkazsakgina ko‘zlangan maqsadga erishishimiz mumkin. Ya’niy;
- Ma’muriy-hududiy birliklar kesimida viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi sonini;
- Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar bo‘yicha manzilli dasturlarni tayyorlanishi;
- Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki mahsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘satkichlarni shakillantirish uchun;
- Ilmiy izlanishlarda foydalanish;
- Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha indikatorlarning shakillanishi;
- Xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini oshirish;
- Demografik holatlar, aholini yoshi, jinsi, millati, kam sonli millatlar, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflarni aniqlash;
- Aholi demografiyasining aniq hisobi va kelajak prognozini ishlab chiqish;
- Byudjet daromadi va xarajatlarining aniq shakillantirilishiga erishish;
- Ma’muriy hududiy birliklar bo‘yicha mavjud uy-joy fondi va uning tavsiflarini aniqlash;
- Investitsion jozibadorlikni oshirish;
- Uzoq, borishi qiyin bo‘lgan va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatini ma’lumotlarini aniq hisobini shakillanishiga erishgan bo‘lamiz.
Narpay tuman statistika bulimi