Янгиликлар

E ’ L O N  !

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi !!!

#TAʼZIYA

Narpay tumani hokimligi jamoasi Urgut tumani hokimi Botir Jabborovga volidai muhtaramasi Xursand ayaning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etadi. 

Marhumaning oxirati obod bo‘lsin!

XALQ QABULXONASIDA

Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sherzod Rahmonov, sektor rahbarlari va masʼullar ishtirokida fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.

Qabulda fuqarolar tomonidan bandlik, kadastr, tadbirkorlik uchun yer, kredit ajratish, shu kabi salomatligini tiklashda moddiy yordam masalalarida ellikka yaqin murojaatlar tushdi.

SAVOB OLAMAN DESANG...

Ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan maskanlarni tozalash, obodonlashtirish savobli ish. Shu bois bugun ziyoratgoh va qadamjolar, qabristonlar hashar yo‘li bilan obodonlashtirilmoqda.

Tortuvli mahallasidagi Abduraxmon ota kabristonida ham xuddi shunday xayrli ishga qo‘l urildi. Bu esa hudud aholisining birdamligi, hamjihatligidan dalolatdir.

HINDISTONLIK INVESTOR NARPAYDA

“Baumwolle Textiles” LLP kompaniyasi rahbari janob N Batta yirik investor hisoblanib, bugungi kunda Germaniya, Hindiston, Afrika, Gretsiya va Markaziy Osiyo (Sirdaryo viloyati)da ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etgan. U kelgusida tumanimizga investitsiya kiritib, paxtani qayta ishlashni rejalashtirmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM