insurez
24-08-2024 11:08

BAXTSIZ HODISA MUHOKAMASI


2024-yil 9-avgust kuni soat 20:00 larda Samarqand viloyati Transportda XTB NQga Ziyovuddin temir yo‘l bekatida XTB boshlig‘i podpolkovnik A.Omonov telefon orqali Zirabuloq temir yo‘l bekatida erkak kishini tok urib vafot etganligi to‘g‘risida xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Samarqand viloyati Narpay tumani “Muqimiy” mahallasi hududidan o‘tgan Kattaqo‘rg‘on-Zirabuloq temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lning 3827 km 9-pekitida joylashgan temir yo‘l ustidan o‘tgan, piyodalar o‘tish ko‘prigi ustidan 2006-yil 12-martda tug‘ilgan, Narpay tumani “Muqimiy” mahallasi fuqarosi Ergashev Ravil Jahongir o‘g‘li o‘tayotgan vaqtida o‘z ehtiyotsizligi oqibatida temir yo‘l ustidan o‘tgan yuqori kuchlanishdagi elektr toki simlari ustiga yiqilib tushishi natijasida tok urib, voqea joyida vafot etgan.

Amir Temur mahallasida joylashgan 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabida fuqarolari o‘rtasida mazkur baxtsiz hodisa muhokama etildi.

T va TOXTD XPB boshlig‘i polkovnik Sh.Xusanov, XPB MTB boshlig‘i podpolkovnik B.Kurbonov, Samarqand viloyati TXTB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik B.Saidov, Ziyovuddin bekati XTB XPG katta inspektori mayor B.Ubaydullaev, tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik A.A.Rayimberdiyev hamda tegishli masʼullar, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar va oqibatlari qanday tugashi, shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Teglar
- -