✨BIR NURONIY O‘N YOSHGA MAS’UL
✍️Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari qabul qilingan. Ushbu hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli nuroniylar va ziyolilarni ishsiz, tarbiyasi og‘ir va muammoli yoshlarga biriktirish orqali ularni jamiyat uchun foydali insonlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada tegishli tashkilotlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
✍️Samarqand viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichini shular jumlasidan desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
✨Unda 16 ta shahar va tumanlarda ushbu tanlov bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan keksa avlod vakillari o‘zaro bellashdilar.
✨Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan ballariga asosan tumanimizning eng faol nuroniysi bo‘lmish Muazzam Turdiyeva viloyat miqyosida ikkinchi o‘rinni qo'lga kiritdi.
💎G'oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlandilar.