insurez
05-09-2024 11:28

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRLARI


Bugun yurtimiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarda "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tuman hokimi 43-umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirlarda o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.

Shu kabi, 55-, 61- hamda 70-umumiy o‘rta taʼlim maktablarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda esa sektor rahbarlari qatnashdilar.

Barcha ilm dargohlarida birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.
 

Teglar
- -