BOZOR FAOLIYATI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Tumani hokimi sektor rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohligida "Mirbozor bozori" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyatini atroflicha o‘rgandi.
O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, bozor rastalaridagi hamda oshxonalardagi sanitariya holati, yong‘inni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
So‘ng masʼullar va bozor maʼmuriyati mutasaddilari bilan alohida suhbat olib borildi.
Shu kabi savdo rastalarini yaxshilash, yerda va boshqa belgilanmagan joylarda savdo qilayotgan sotuvchilarga qulay sharoit yaratish uchun ularni bo‘sh turgan rastalarga ko‘chirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar va tushunchalar berildi.