insurez
10-09-2024 15:04

FUQAROLAR QUYOSH PANELLARI O‘RNATISHDA TASHABBUSKOR


Xabaringiz bor, tumanimiz fuqarolari orasida energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda.

Hozirga qadar 200 dan ortiq xonadonlar quyosh panellaridan unumli foydalanib kelmoqda.

Bunday ezgu amallarda tuman aholisi asosiy tashabbuskor bo‘lib kelayotganligi esa barchamizni quvontirmay qolmaydi, albatta!

Azizlar tumandoshlar!

Xonadoningizga energiya tejovchi quyosh panellarini o‘rnating, zeroki uning foydali jihatlari haqida ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. 

Misol uchun, ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan nafaqat foydalanish, balki davlatga maxsus narxlarda sotishingiz ham mumkin. Bu sizga mo‘maygina qoʻshimcha daromad manbayi boʻladi.

Shuningdek, sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida turli xil imtiyozli kredit ham ajratilmoqda.

Teglar
- -