HAQIQAT MAHALLASI UCHUN YANGILIK
Yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, bu orqali aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida ichki yo‘llarda turli dastur hamda qarorlar asosida taʼmirlash va asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, qo‘shimcha dasturlar doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Haqiqat mahallasida joylashgan 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi 600 metrli yo‘lga asfalt yotqizish ishlari “Bog‘ishamol yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan yakunlandi.
Mazkur loyiha qiymati esa 360 million so‘mdan ortiqroq deb baholangan.