HAR BIR YOSHNING MUAMMOSI O'RGANILADI
Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i – 3-sektor rahbari A.A.Rayimberdiyev sektor hududidagi Yangiobod, Amir Temur, Tinchlik, Toshko‘prik, Ko‘k ota mahallalarida bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining VM-468-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarning har biri bilan individual uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalar bilan tanishdi.
Muammolarni joyida hal etib, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni birgalikda hal etishi bo‘yicha kelishib olishdi.