insurez
18-07-2024 15:00

HARBIY MASʼULLAR ISHTIROKIDA "RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"


Tuman Mudofaa bo‘limida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Unda, Kattaqo‘rg‘on gornizoni harbiy qism qo‘mondonligi rahbariyati hamda tuman masʼullari ishtirok etib, tumanimizning yosh avlod vakillari bilan vatanparvarlik ruhini oshirish bo‘yicha suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida harbiy sohaga qiziqish bildirgan yoshlarga harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirish hamda taʼlim olish borasidagi maʼlumot va yo‘nalishlar berildi. Yoshlar harbiy sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Shundan so‘ng, tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -