HARBIY-VATANPARVARLIK MAJMUAVIY MUSOBAQASI
Tumanimizdagi 70-umumtaʼlim maktabida tuman hokimligi va tuman Mudofaa bo‘limi hamkorligida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik majmuaviy musobaqasi o‘tkazildi.
“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan musobaqa qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi.
Yoshlar o‘zlarining harbiy, tibbiy va sport turlari borasidagi salohiyatini sinovdan o‘tkazish barobarida, bu boradagi bilimlarini yana-da kengaytirish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida musobaqada faol ishtirok etgan yosh avlod vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi.