insurez
03-08-2024 11:10

INVESTITSIYA LOYIHALARI BO‘YICHA TAHLILIY MUHOKAMA


Tumanimizda ayni kunlarda 30 ta obyektda investitsiya dasturi asosida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shundan 8 tasi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qurilishiga doir loyihalar hisoblanib, hozirda mazkur obyektlarda qurilish ishlari davom etmoqda.

Tuman hokimi Sherbek Bo‘ronov mazkur taʼlim dargohlaridagi qurilish ishlari bo‘yicha o‘rganish olib bordi. Shundan so‘ng, o‘rganish natijalari bo‘yicha tanqidiy-tahliliy muhokama bo‘lib o‘tdi.

Sektor rahbarlari, viloyat masʼullari, tegishli tashkilot vakillari, mutasaddilar va pudratchi quruvchilar ishtirok etgan uchrashuvda asosiy eʼtibor aynan taʼlim dargohlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga qaratildi.

Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan masʼullarga belgilangan muddatgacha qurilish ishlarini sifatli holda yakunlash lozimligi ta'kidlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish xususida masʼullarga topshiriqlar berilib, bu bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -