MAQOM SANʼATI BO‘YICHA XALQARO FESTIVAL
27–30 iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom sanʼati anjumani” o‘tkazilmoqda. Yurtimizda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashyapti.
Quvonarlisi anjumanda tumanimizning "Narpay sadolari" folklor jamoasi va “Zarbuloq” ashula va raqs ansambli aʼzolari ham ishtirok etmoqda.
Xalqaro hayʼat tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya: “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo‘yicha baholanadi.
Biz tumanimiz sanʼatkorlariga omad tilaymiz!