insurez
28-06-2024 12:12

MATONAT EGALARI!


Imkoniyati cheklangan odam ham sidqidildan harakat qilsa ko‘p yutuqlarga erishishi mumkin. Buni Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Besh tashabbus paralimpiadasi" musobaqasining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan tumandoshlarimiz amalda isbotladi.

Yaʼni musobaqada tumanimizning Totkent mahallasida istiqomat qiluvchi Munisa Toshmamatova para shaxmat sport turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu kabi Tepaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Ilhom Bo‘ronov ham para yengil atletika sport turi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Taʼkidlash joizki, mazkur musobaqada Samarqand viloyati bo‘yicha 4 nafar yoshlar yuqori o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. Eʼtiborlisi, ularning ikki nafari Narpaylik para sportchilar.

Yosh va matonatli tumandoshlarimizga omad tilagan holda, kelgusida bundanda ulkan marralarni zabt etishini so‘rab qolamiz.

Teglar
- -