MUHOKAMA MARKAZIDA SOLIQ VA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH
Tuman hokimi sektor rahbarlari, tegishli o‘rinbosarlar hamda masʼullari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning soliq qarzdorliklari undirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda soliq siyosati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili ekanligi yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ijobiy tomonlari va energiya resurslaridan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish haqida so‘z yuritildi.
Yuqorida taʼkidlangan masalalarda sustkashlikka yo'l qo'yayotgan mas'ullarga mazkur holatni bartaraf etish xususida topshiriq va vazifalar belgilab berildi.