insurez
30-07-2024 15:00

Narpay tumanida yangi yo‘nalish ochildi


Aholining uzog‘ini yaqin qilishda muntazam yo‘nalishda qatnovchi avtobuslarning o‘rni beqiyos. 

Avtobuslar boshqa yo‘lovchi tashish transportlaridan arzonligi, muayyan yo‘nalish chizmasi bo‘ylab hamda belgilangan vaqt oralig‘ida harakatlanishi sababli doim diqqat markazda. 

Bugungi kunda uzoq va chekka hududlarni tuman hamda viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarni tashkil etish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Narpay tumanida aholi ehtiyojidan kelib chiqib yangi avtobus yo‘nalishi ochildi. 

346-sonli “Mirbozor ABB – Do‘stlik mahallasi – Mirbozor ABB” shahar atrofi halqa avtobus yo‘nalishida “Oqtosh Shahzod trans” MCHJga tegishli avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi.

Teglar
- -