NOG‘ORAXONA MAHALLASI VILOYATDA ENG FAOL DEB TOPILDI
Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyi viloyatimiz bo‘ylab "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" o‘tkazildi. Bunda, fuqarolar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda kiberjinoyatlardan saqlanish choralari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.
Tumanimizda ham bu kabi tadbirlar keng miqyosda va jadal suratda olib borildi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari mahallalar kesimida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, tumanimizdagi “Nog‘oraxona” mahallasi viloyat miqyosida eng faol targ‘ibot qilgan mahalla deb topildi.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu mahalla mas'ullariga viloyat hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan topshirildi.