OBOD YURTNING YO‘LLARI HAM OBOD BO‘LSIN
Tumandagi mahallalar infratuzilmasi bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar manzilli dastur va samarali loyihalar asosida tizimli hal etilmoqda. Xususan, mahallalardagi ichki yo‘llar ta’mirlanib, aholining ko‘p yillik muammolarini hal etishga erishilmoqda.
Tumanning 4-sektor hududida joylashgan “Mushkent” va “Baxt” mahallalarida asfalt yotqizish ishlari olib borildi.
Tashabbusli byudjet loyihasi asosida “FAROVON YO‘L SERVIS” xususiy korxonasi xodimlari tomonidan “Mushkent” mahallasining 2,1 km qismiga jami qiymati 1 mlrd 246 mln so‘mlik asfalt yotqizish ishlari yakunlangan bo‘lsa, qo‘shimcha dastur doirasida “Baxt” mahallasidagi 300 metr yo‘lga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Bu kabi obodlik tadbirlari tumanimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich ravishda davom ettiriladi.