OSHXONALAR FAOLIYATIGA NAZAR
Tumanda tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari hududlardagi umumiy ovqatlanish shahobchalari faoliyatini o‘rganishmoqda.
Shu kunlarda, M-37 magistral yo‘li yoqasida faoliyat yuritayotgan oshxonalardagi holat chuqur tahlil etildi. Aksariyat tamaddixonalarda kassa apparati va to‘lov terminallari hali-hanuz o‘rnatilmagan. Sanitariya holati, atrofdagi obodonlashtirish ishlari ham ko‘ngildagidek emas.
⏳Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oshxona egalari ogohlantirilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.
✔️Shuningdek, oshxona, to‘yxona, xizmat ko‘rsatish shahobchalarida muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ijobiy tomonlari va energiya resurslaridan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish haqida so‘z yuritildi.