insurez
28-06-2024 12:12

PARLAMENT BILIMDONI KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI


 

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan "Parlament bilimdoni" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Uch bosqichda o‘tkazilgan tanlovda yurtimiz bo‘ylab barcha hududlardan yosh avlod vakillari ishtirok etdi. Jumladan, tumanimizning Salovat mahallasida istiqomat qiluvchi Elyorbek Tursunov ham munosib ishtirok etib yuqori natijani qayd etdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, yosh tumandoshimiz 14-18 yoshlilar o‘rtasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Biz yosh "Parlament bilimdonini" yutuq bilan qutlagan holda, kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz.

Teglar
- -