insurez
10-09-2024 15:02

Profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot


Jamiyatimizda aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek, boshqa hayotiy muhim vazifalarni amalga oshirishda ichki ishlar organlari alohida o‘rin egallaydi. Shu sababli, organ xodimlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini qonun doirasida belgilash, ularni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida turli qaror va farmonlar e'lon qilinmoqda.

Tuman hokimi Sherbek Buranov 3-sektor rahbar - ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Rayimberdiyev bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5005-sonli farmoni ijrosi yuzasidan ichki ishlar bo‘limida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar bilan tanishilib, ijrosi yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -