insurez
20-09-2024 15:21

🔴QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI NARPAYDA


👨‍💼Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shunqor Xudayberdiyev va tegishli viloyat boshqarmalar rahbarlari hamrohligida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tumanimizga tashrif buyurdi.

🔎Dastlab, “Narpay Hamkor KAJ” fermer xo‘jaligidagi g‘alla ekiladigan maydonning tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

✍️Shundan so‘ng, “Maroqand sifat” MCHJ qoshidagi biolaboratoriya ish-faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, “Maroqand sifat” MCHJ tomonidan paxtaning “Xitoy” navi ekilgan hamda paxta hosilida urug‘lik maydonlarini ko‘zdan kechirdi.

🎤Tashrif yakunida paxta qabul qilish maskanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar xususida o‘zining tegishli topshiriq va tavsiyalarini berdi.

Teglar
- -