insurez
29-06-2024 11:11

"SHARQ YULDUZLARI" KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI


24-28-iyun kunlari Toshkent shahrida “Sharq yulduzlari” nomli Respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan isteʼdod egalari o‘zaro bellashdi.

Shu kabi, tumanimizdagi 27-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ham munosib ishtirok etib yuqori natijalarni qayd etdi.

Jumladan, maktabning zardo‘zlik sinfi o‘qituvchisi Nargiza Xolmirzayeva 2-o‘rinni, uning o‘quvchisi Begoyim Usmonova esa 1-o‘rinni diplomni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Teglar
- -