insurez
09-09-2024 15:01

TADBIRKORLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA


#Dushanba_tadbirkorlar _qabuli

Aholi bandligi haqida so‘z ketar ekan, fuqarolarni  ish bilan ta’minlash borasida, birinchi o‘rinda, tadbirkorlarga suyaniladi. Shu sababli, tadbirkor qo‘llab-quvvatlangan yurt hech qachon kambag‘al bo‘lmaydi. Tumanda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadli mehnatga jalb qilish bo‘yicha muntazam ravishda sayyor qabullar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirkorlar muammolarini hal etish, takliflarini tinglab, ijobiy yechim qilish esa mas’ullarning asosiy e’tiboridadir.

Xabaringiz bor, haftaning har dushanba kuni tuman hokimining haftalik ish rejasiga tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tadigan kun sifatida kun tartibiga kiritilgan.

Xuddi shunday bugungi bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar qabulidan so‘ng, tuman hokimi mas’ullar bilan birgalikda tadbirkorlar tomonidan tushgan murojaatlarning ijrosi yuzasidan muammolarni joyida o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishlilarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -