insurez
26-06-2024 15:00

TADBIRKORLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI TINGLANDI


 

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan.

Hozirda mazkur ishchi guruh viloyatimiz bo‘ylab barcha tumanlar bo‘lib tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish bo‘yicha ochiq muloqot uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda.

Navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi tumanimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosari va ishchi guruh vakillari ishtirok etib ishbilarmonlarning muammo va takliflarini tinglashdi. Shuningdek, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Teglar
- -