TAʼLIM DARGOHLARIDAGI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHILDI
#Ijtimoiy_soha
Albatta, yosh avlod taʼlim olishi uchun ularga sog‘lom muhit hamda qulay sharoit yaratib berish muhim. Shu bois tumanimizda taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish va bolajonlar uchun munosib qulayliklar yaratish maqsadida bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar va masʼul tashkilotlar rahbarlari hamrohligida qurilish olib borilayotgan taʼlim dargohlarida bo‘ldi.
Dastlab, Alisher Navoiy nomli mahalladagi 16-son DMTTni rekonstruksiya qilish loyihasi va davom etayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. "Usto Ismoil temir beton" MCHJ tomonidan zamonaviy qilib qurilayotgan 120 o‘rinli bu maktabgacha taʼlim maskanini taʼmirlash uchun 4,7 milliard so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan.
Shundan so‘ng, Tinchlik mahallasidagi 59-umumtaʼlim maktabida olib borilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. 780 o‘rinli taʼlim dargohini taʼmirlash uchun 8,2 milliard so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan bo‘lib, qurilish ishlari "Humoyun sifat qo‘rg‘on" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi Sherbek Bo‘ronov barcha mutasaddi tashkilot masʼullariga, taʼminotchi va quruvchilarga bu binolar yosh avlod taʼlim olishi uchun xizmat qilishi, shu bois har bir masʼul o‘z faoliyatiga vijdonan yondashishlari lozimligini taʼkidladi. Shuningdek, qurilish ishlarini o‘z vaqtida sifatli holatda yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.