insurez
08-07-2024 07:07

UMID VA OLTI-O'G'ILDA HOLAT QANDAY?


Tuman hokimi Umid  hamda Olti O‘g‘il mahallalarida mahalla yettiligi, tegishli masʼullar hamrohligida o‘rganish olib bordi.

Dastlab, mahalla xodimlarining amalga oshirishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi.

Shuningdek, yo‘l yoqasida yashovchi xonadon sohiblari, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, yo‘l yoqasini gulzorlashtirish, obodonlashtirish, binolar tashqi qismini tartibga keltirish  borasida keng miqyosdagi ishlarni boshlash lozimligi taʼkidlandi.

So‘ng, bu kabi ishlarni nafaqat asosiy yo‘l yoqasi, balki butun mahalla bo‘ylab amalga oshirishi lozimligi va bu borada barcha birdek o‘z hududini so‘lim va ko‘rkam maskanga aylantirish bo‘yicha faol bo‘lishlari taʼkidlandi.

Shu qatorda, mahalla hududidagi ijtimoiy obyektlari - maktablar, bog‘chalar holati va aholi yashash sharoiti ham o‘rganildi.

Teglar
- -