insurez
23-07-2024 15:00

YANA BIR YIRIK LOYIHA UCHUN MEMORANDUM IMZOLANDI


Xabaringiz bor, tumanimiz delegatsiyasi yangi tadbirkorlik loyihalari va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida rasmiy tashrif bilan Xitoy Davlatining Jiangsu provinsiyasida bo‘lib turibdi.

Bugun delegatsiya aʼzolari tuman hokimi Sherbek Bo‘ronov boshchiligida Nanjing shahrining yana bir nufuzli kompaniyasi bo‘lgan “GUAGDONG JIAMULIJA INTELLIGENT TECHNOLOGY SHARES“Co.Lt masʼullari bilan muzokara olib bordi.

Natijada, 4 million 500 ming aqsh dollarlik yirik loyiha uchun memorandum imzolanishiga erishildi.

Eslatib o‘tamiz qurilish mollarini ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan bu yirik loyiha uchun tuzilgan bitim mazkur safar doirasidagi ikkinchi manfaatli kelishuv bo‘lib, dastlabki memorandum 2 million 500 ming dollarlik loyiha uchun imzolangan edi.

Teglar
- -