insurez
09-07-2024 11:18

YANA BIR YIRIK XITOYLIK INVESTOR BILAN UCHRASHUV


Tumanimiz iqtisodiy va logistika sohalari jihatidan qulay hududda joylashganligi sababli, nafaqat qo‘shni, balki viloyatlarning balki chet el davlatlarining ishbilarmonlari ham bizning hududda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirmoqda.

Xususan, Samarqand delegatsiyasining Xitoy davlatiga bo‘lgan tashrifi chog‘idagi kelishuv asosida “Shandong Yiteng Sonstrustion Group So.,Ltd” korxonasi vakillari  tumanimizga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida tuman hokimi chet ellik investorlarni qabul qilib ularning taklif va biznes rejalari xususida suhbatlashdi.

Unga ko‘ra, Xitoylik investorlar tumanimizdagi har xil turdagi ichimlik suvi hamda zamonaviy savdo komplekslari tashkil etish bo‘yicha bir qancha qulayliklarga ega bo‘lgan yirik obyektlarni ko‘zdan kechirdilar.

Tuman hokimi, chet ellik tadbirkorga ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash hamda qonun doirasidagi har qanday yordamlarni ko‘rsatishini taʼkidladi.

Teglar
- -