Yana bir yo‘limiz ravon bo‘ldi.
Avval xabar berganimizdek, 4K-559 "Oqtosh aylanma" avtomobil yo‘lida joriy taʼmirlash ishlari olib borilayotgani xususida xabar qilgan edik.
Bugun mazkur yo‘lning 27-29-kilometrlari oralig‘ida asfaltlash ishlari to‘liq yakunlanib, aholiga foydalanishga topshirildi.
Qisqa fursatlarda foydalanishga topshirilgan, turli murojaat va eʼtirozlarga sabab bo‘lgan yo‘l tuman hokimi Sh.Buranov tegishli masʼullar bilan birgalikda o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla faollari, faol nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirokida kelgusida qilinishi kerak bo'lgan obodonlashtirish ishlari kelishib olindi.