insurez
28-08-2024 11:20

YO‘L CHIZIQLARI YANGILANMOQDA


Davlatimiz rahbarining, “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan ushbu qaror ijrosini taʼminlash hamda avtomobil yo‘llari kompleks infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida, Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limi tomonidan, Oqtosh shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasning boshlanish nuqtasidan tugash qismigacha yotiq chiziqlar yangidan chizildi.

Aslida, bu kabi ishlar negizida, xalqimizga, yo‘l harakati ishtirokchilariga yanada qulaylik yaratish, shu bilan birga, yo‘l transport hodisalarining oldi olinib, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash yotadi.

Teglar
- -