insurez
27-08-2024 11:18

YO'LING RAVON BO'LSA MANZILING YAQIN BO'LADI


Xabaringiz bor tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar  amalga oshirilmoqda.

Xuddi shunday, tashabbusli byudjet loyihasi hamda qo‘shimcha dasturlar doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Chorbog' mahallasi aholisi ochiq byudjet loyihasi orqali g‘olib bo‘lishgan bo‘lib, bugunga kelib “NARPAY MIRZO YULDOSHEV” xususiy korxonasi xodimlari tomonidan mahalla ichki yo‘lining qariyb 3 km qismiga qiymati 1 mlrd 320 mln so‘mlik asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.

Teglar
- -