YO‘LLARI RAVON BO‘LMOQDA
Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti.
Xuddi shunday, tashabbusli byudjet loyihasi hamda qo‘shimcha dasturlar doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Do‘stlik mahallasi aholisi ochiq byudjet loyihasi orqali g‘olib bo‘lishgan bo‘lib, bugunga kelib “JAVOHIR TA’MIR QURILISH” MCHJ xodimlari tomonidan mahalla ichki yo‘lining qariyb 3 km qismiga qiymati 1 mlrd 313 mln so‘mlik asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.
Shuningdek, qo‘shimcha dastur orqali “Tepaqo‘rg‘on” MFY Beshqazoq qishlog‘ining 1-, 2-, 3-ko‘chalari hamda 67-maktab va 43-MTTga borish yo‘llari rekonstruksiya qilinib, qariyb 1 km yo‘l asfalt qoplamasi bilan qoplandi.
Mazkur loyiha qiymati esa, 480 million so‘mdan ortiqroq deb baholangan.