YОSHLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI
Tuman hokimligi Yoshlar ishlari agentligi va mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarni sportga jalb qilish va ularni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish maqsadida turli musobaqa va tanlovlar tashkil qilinmoqda.
2-son kasb-hunar maktabida ham xuddi shunday sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 6 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda barcha mahallardan iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Jumladan, yosh avlod vakillari minifutbol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kurash, work-out hamda armrestling sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.