ZIYORATCHILAR KUTIB OLINDI
3 - iyun kuni Narpaylik 28 nafar ziyoratchilar muborak Haj ibodatini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoning Madina shahriga jo‘nab ketishgan edi.
Bugun tuman hokimi, tegishli masʼullar safardan qaytgan hoji otaxonu onaxonlarimizni kutib olishdi.
Ziyoratchilar haj safarini ado etishda davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni alohida eʼtirof etishib, yurtimiz tinchligi va farovonligi, mustaqil vatanimiz bundanda barokatli bo‘lishini Allohdan so‘rab, duoga qo‘l ochdi.