SUV INSHOOTI QURILISHI BOSHLANDI

Dastur doirasida Iymon mahallasining Bolg‘ali va Yangirabot qishloqlarida 25,3 kilometrlik suv tarmog‘i tortish hamda suv inshootini qurish belgilangan.

Qiymati 4 milliard 945,2 million so‘mlik ushbu obyekt qurilishi boshlandi.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari, faol nuroniylar qurilish oldidan bunyodkorlar bilan uchrashib, suhbatlashdilar. Ish boshidan jonliq so‘yilib, qurʼon tilovat qilindi. Elga omonlik, yurtga tinchlik, bunyodkorlik ishlariga omad tilab duoga qo‘l ochildi.

Shu kabi bu qishloqlarda aholi xonadonlari, ko‘chalar guzarlar obodonlashtirilyapti. Xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM