TUMAN BO‘YLAB 14 - 30 ORALIG‘IDAGI YОSHLAR XATLOVDAN O‘TKAZILMOQDA

Kuni kecha mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun viloyatning barcha tuman va shaharlari ishtirokidagi videoaloqa shaklida o‘tkazilgan seminarda qator vazifalar berilgan edi.

Bugun ayni shu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi yoshlar yetakchilari mahalladagi 14-30 oralig‘idagi yoshlarini xatlovdan o‘tkazmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarni turmush tarzi va sharoitidan kelib chiqib, "Yoshlar daftariʼʼ ro‘yxatiga olish va bu orqali ularning muammolari hal etishdan iboratdir.

Shuningdek, yoshlarning  qiziqishlari va intilishlarini hisobga olgan holda ularning isteʼdodlarini namoyish etish uchun "Besh tashabbus olimpiadasiʼʼ musobaqasini ikki bosqichda amalga oshirish va eng iqtidorlilarni mahalladan kashf etish hamda yoshlarning takliflari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga  qaratilgandir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM