NOQONUNIY BINO QURMANG!

Tumanimizda tadbirkorlik subyektlarining rivojlanayotgani, bir qator xizmat ko‘rsatish obyektlarining qad rostlayotgani tahsinga sazovordir.

Biroq, shu bilan birga hududlarda ruxsatsiz, noqonuniy qurilgan obyektlar va yengil konstruksiyali do‘kon, oshxonalarning ko‘zga tashlanayotgani ham sir emas.

Bu kabi holatlar “Mirbozor – Xatirchi” yo‘nalishidagi va M-37 yo‘li atrofi hamda markazlarda ko‘p uchramoqda. Yoki do‘konlar yoniga qo‘shimcha soyabon tutib olib, savdo qilish holatlari ham xunuk manzara kasb etyapti. Qolaversa, quyosh nurida ochiq turgan mahsulotlarning sifatiga ham kafolat yo‘q. 

Tuman hokimi kadastr agentligi masʼullari hamrohligida sud tartibida ko‘rilib, buzilishi belgilangan va egalari bir necha bor ogohlantirilgan obyektlar holatini o‘rgandi.

Bu kabi nuqsonlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar berildi.

Qolaversa, tadbirkorlar uchun M 37 yo‘l yoqasi va boshqa bir qator markaziy ko‘chalarda k-savdo orqali qonuniy 160 ga yaqin savdo nuqtalarini sotib olish imkoniyatlari ham mavjud.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM