VATAN HIMOYACHILARI UCHUN BAYRAM TADBIRI

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hududdagi harbiy qism, tuman mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari hamda harbiy soha faxriylarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan barcha ishtirokchilarni tabrikladi.

Shundan so‘ng yurt oldidagi burchini sadoqat bilan o‘tayotgan bir qator harbiylarga tuman hokimligining tashakkurnomasi, maxsus statuetka va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar tadbirga fayz bag‘ishladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM