“GAZ SO‘RG‘ICH”DAN FOYDALANGANLAR JARIMAGA TORTILADI

Anomal sovuq hukm surayotgan bir paytda gaz taʼminotida bosimning pasayishi kuzatilayotgani sir emas. Lekin, tabiiy gaz bilan ta’minlangan xududlarga yetarlicha gaz ta’minoti bo’yicha barcha choralar ko’rilmoqda.

Shu bois tumanda tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari xonadonlarga bir maromda tabiiy gaz yetib borishini taʼminlash maqsadida tunu kun kuzatuv reydlarini o‘tkazishmoqda.

Mahallalarda olib borilgan reyd tadbirlari davomida xonadoniga “gaz so‘rg‘ich” moslamasini o‘rnatib olgan fuqarolar aniqlandi. Ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi, albatta.

Biroq, bugungi anomal sovuqda, aynan, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim bo‘lgan bir vaqtda bu kabi fuqarolarning tutgan yo‘lini hech bir bahona bilan oqlab bo‘lmaydi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM